Kunjut va mosh yetishtirishga davlat ko‘magi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 331-sonli qarori Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, Xo‘jayli tumani «Sarishingul» ovul fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan «Kiyik mergen» fermer xo‘jaligi ushbu qaror asosida 60 gektar maydonga mosh ekib, imtiyozli 6 oy davri bilan 265 million so‘m kredit oldi.
Fermer Tursinbay Xudaybergenovning ta’kidlashicha, ilgari bunday imtiyozli sharoitlar bo‘lmagan. Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori Qoraqalpog‘istonlik fermerlar uchun kutilmagan xush xabar bo‘ldi. Fermer Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ushbu qaror Qoraqalpog‘istonlik fermerlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, kunjut va mosh kabi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishni rag‘batlantiradi.