Yangi paxta terish mashinalari: Qoraqalpog‘iston fermerlari uchun istiqbollar» Beruniy tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshaev boshchiligida Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi paxta terish mashinasining ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Xitoy Respublikasidan kelgan mutaxassislar, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar va bank xodimlari ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan yangi paxta terish mashinasining afzalliklari, imtiyozli kredit va lizingga olish shartlari fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga tushuntirildi.