«Mehnat tagi rohat» – deydi dono xalqimiz!
Darhaqiqat, yerdan unumli foydalanish, halol mehnat bilan rizq topish, inson qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Ayniqsa, bugungi kunda tomorqadan oqilona foydalanish nafaqat oila byudjetini mustahkamlash, balki jamiyatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim omilga aylanmoqda. Taxtako‘pir tumani «Atako‘l» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Jarımbetovlar oilasi ana shunday namunali oilalardan biri hisoblanadi. Ular o‘zlariga tegishli 60 sotix yer maydonidan oqilona foydalanib, yil davomida turli meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirib kelmoqda. Bu tomorqada piyoz, baqlajon, qalampir, pomidor, bodring, karam, loviya kabi sabzavotlar, shuningdek, olma, nok, uzum, o‘rik va boshqa mevalar yetishtirilmoqda. Jarımbetovlar oilasi nafaqat o‘zining oilaviy ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki qo‘ni-qo‘shnilariga, tanish-bilishlariga va hatto mahalliy bozorlarga ham mahsulot yetkazib berish orqali xalqimiz dasturxonining to‘kin-sochinligiga munosib hissa qo‘shmoqda.