Shomanaylik Zinatdin Satbaev yoshlarga ajratilgan yerda kungaboqar yetishtirib, daromad qilmoqda

Shomanaylik Zinatdin Satbaev oila a’zolari bilan birgalikda yoshlarga ajratilgan yerlardan besh gektar maydonni olib, dehqonchilik bilan shug’ullanmoqda. O’tgan yili kunjut ekib yaxshi daromad olgan Zinatdin, bu yil esa kungaboqar ekishga qaror qildi. U oila a’zolari bilan birgalikda mehnat qilib, mo’l hosil olishni va shu orqali oila budjetini mustahkamlashni maqsad qilgan. Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, Zinatdin Satbaev qishloq xo’jaligida o’z o’rnini topishga intilmoqda. Ushbu tashabbus Shomanay tumani yoshlari uchun o’z yerida mehnat qilib, daromad topishning a’lo namunasi bo’la oladi.