Shumanayda yosh tadbirkor tashabbusi: Aynura Jumabaeva baliqchilikni yo’lga qo’ydi

Shumanay tumani «Birleshik» ovul fuqarolar yig’ini hududida yashovchi Aynura Jumabaeva oilasi bilan maslahatlashib, o’z uyi oldidan o’tgan tashlandiq zahkashini ijaraga oldi. Yoshlarga berilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda, Aloqa bankidan yengillatilgan kredit asosida 100 million so’m mablag’ olib, 600 kg mayda baliq (lichinka) yubordi.

Aynura Jumabaeva baliqchilikni rivojlantirish orqali yiliga 48 million so’m daromad olishni maqsad qilgan. Ushbu loyiha nafaqat oila budjetiga hissa qo’shadi, balki yangi ish o’rinlarini yaratishga ham xizmat qiladi. Ayni paytda Aynura o’zi va oilasining ikki a’zosini ish bilan ta’minladi.

Ushbu tashabbus Shumanay tumani yoshlari uchun o’z biznesini yo’lga qo’yishda yaxshi namuna bo’la oladi.