Ózbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrib buyurdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev bilan birgalikda Beruniy tumani “Shabboz” OFY hududida joylashgan Urazimbetov Nematjon, Raxmatulla Chaman va Ko‘chkinov Qudrat fermer xo‘jaliklari dala maydonlari bo‘ldi.
Dala maydonlari ko‘zdan kechirilganda, urug‘lik paxta sifatida mahalliy “Sulton” navi ekilgani, biroq barcha dalalarda sug‘orish masalasida bir xil kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Natijada g‘o‘zaning kasallikka moyilligi oshgani, qator oralarining begona hamda navga bog‘liq bo‘lmagan o‘tlar bilan qoplangani qayd etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Beruniy tumanidagi “Shabboz” agroklasterining muzlatgichli omborxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur omborxonada hozirda 700 tonna g‘alla urug‘ligi saqlanmoqda. Shundan 200 tonnasi tindirib bo‘lingan bo‘lsa, qolgan 500 tonnasi tinim davrini o‘tash jarayonida. Urug‘lar asosan “Asr”, “Drujba” va “Andijon” kabi serhosil navlardan iborat bo‘lib, ular hosildorligi va turli iqlim sharoitlariga mosligi bilan ajralib turadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Beruniy tumanidagi “Ozod intensiv bog‘” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
10 gektar maydonda barpo etilgan bog‘da olma, uzum, shaftoli va nok yetishtirilmoqda. Zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimi bilan to‘liq ta’minlangan bog‘ suvdan oqilona foydalanish va hosildorlikni oshirish imkonini bermoqda. O‘tgan yili xo‘jalik uzumdan 40 tonna hosil olgan.
Sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan vazir Ibrohim Abdurahmonov Beruniy tumanidagi “Beruniy Cluster” MChJga qarashli paxta qabul qilish maskani faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab mazkur hududdagi paxta qabul qilish jarayoni, jumladan, agrotarozi, agroplatforma va boshqa texnik vositalarning mavsumga tayyorgarlik holati hamda joriy etilayotgan yangicha yondashuvlar samaradorligi batafsil o‘rganildi.
Xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Ellikqal’a tumanidagi “Amirobod jayroni” agroklasteriga qarashli Paxta-g‘alla urug‘chiligi innovatsion markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur markaz bir kunda 45–50 tonna paxta va g‘alla urug‘iga ishlov berish quvvatiga ega bo‘lib, ish jarayoni to‘liq xorij texnologiyasi asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif doirasida Ellikqal’a tumanidagi qator qishloq xo‘jaligi obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
“Saxtiyon Azamati” fermer xo‘jaligining 4 gektarlik konturida “Sulton” navining birinchi avlodi an’anaviy usulda ekilgan. Maydondagi g‘o‘za urug‘lik emas, texnik maqsadlarda parvarishlanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov Ellikqal’a tumanidagi “Bo‘ston Cluster” MChJga qarashli Paxta tozalash zavodi qoshidagi Paxta qabul qilish maskani faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab hududdagi «AgroTarozi», «Agroplatforma» va boshqa texnik vositalarning mavsumga tayyorgarlik darajasi, shuningdek, joriy etilayotgan yangi yondashuvlarning samaradorligi o‘rganildi.
Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi obyektlarida bo‘lib, u yerdagi ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra, vazir Amudaryo tumanidagi “Qipchoq ovul” OFY hududida joylashgan Xaytimbetov Sulton fermer xo‘jaligining dala maydonida bo‘ldi. Mazkur xo‘jalikning 7 gektarlik konturida mahalliy “Sulton” g‘o‘za navi yetishtirilmoqda.