Fermer va klaster vakillarining muammolari tinglanib joyida hal etilishi ta’minlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh.Teshayev rahbarligida janubiy tumanlarning agrar sohadagi muammolarini hal etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda vertikal boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, shaffoflikni ta’minlash, agrotexnik tavsiyalar va tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Vazir fermerlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini hal etish, agroxizmatlar sifati va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ustuvorligini ta’kidladi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan sayyor qabulda fermer va klaster vakillarining muammolari tinglandi va joyida hal etildi. Yer ajratilishi, sug‘orish, subsidiyalar, kreditlar va huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Ushbu yig‘ilish va sayyor qabul qishloq xo‘jaligida boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish, ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda muammolarni joyida hal etish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.