Xo‘jaylida koreys nokining yangi navi yetishtirilmoqda
Nashvati noki (Osiyo noki, Nashi, Pyrus pyrifolia) Sharqiy Osiyo davlatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, Yaponiyada «Nashi noki» nomi bilan mashhur. Mevasi dumaloq, olma shaklida, po‘sti sarg‘ish-yashil, ustida mayda oq nuqtalari bor. Ta’mi shirin va suvli. Xo‘jayli tumani Mustaqillik ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Kamil Allambergenov Koreyadan ushbu nokni oldirib, o‘z bog‘iga ekkan. Hozirda uning bog‘ida 15 tup koreys noklari mavjud. Kamil Allambergenovning aytishicha, bu nokning afzalligi shundaki, u bir yilda mevaga kiradi.