Fermer vazifalari tushuntirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar, farmonlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan vazifalarga bag‘ishlangan Qonliko’l tumanida fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari ishtirokida amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshayev, tuman hokimi B.Sultanov va boshqalar tumanda qishloq xo‘jaligi ishlarining borishiga to‘xtaldilar
Ta’kidlanganidek, tumanda paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha bir qancha yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham tanqid qilindi Seminarda sohani rivojlantirish, dehqonchilikda yuqori natijaga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi