Qo’ng’irot tumanida ko’rgazmali seminar o’tkazildi
Qo’ng’irot tumanidagi «Adebiyat» OFY hududida joylashgan fermer xo’jaliklari dala maydonlarida g’o’za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini tizimli amalga oshirish bo’yicha ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Sh.Teshayev, Qoraqalpog’iston Respublikasi O’simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig’i R.Sherbaev, tuman hokimi o’rinbosari T.Sultanov, tegishli soha mutasaddilari va dehqon-fermerlar ishtirok etdi.
Seminarda defoliatsiya tadbirlarining agrotеxnik ahamiyati, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarishning hosildorlikka ta’siri, shuningdek, zamonaviy usullar hamda kimyoviy vositalardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Mutaxassislar tomonidan dala sharoitida amaliy ko‘rsatmalar berilib, fermer xo‘jaliklariga samarali defoliantlar turlari, ularni qo‘llash me’yorlari va xavfsizlik qoidalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, seminarda hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish, paxta sifatini saqlash va keyingi yilgi ekin maydonlarini tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda ilg‘or tajribalar almashildi.