Amudaryo tumanida 2026-yil hosili uchun g’alla ekish bo’yicha seminar o’tkazildi

Amudaryo tumani «Mang’itli Aziza» fermer xo’jaligi dala maydonida 2026-yilgi hosili uchun g’alla ekish masalalariga bag’ishlangan amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari Sh.Teshaev va tuman hokimi S.Xo’jametov, shuningdek, fermerlar va qishloq xo’jaligi sohasi vakillari ishtirok etdilar.