Kegeyli tumanida g‘alla ekishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Bugun Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanovning ishtirokida Jalpaq jap OFY hududidagi «Diyvan ay» fermer xo‘jaligida g‘alla ekishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
️Shu yili tumanda 2026-yil hosili uchun 3970 gektar maydonga bug‘doy ekilishi rejalashtirilgan.
Seminar davomida bug‘doy ekish qoidalari, yerlarni lazerli tekislash, sug‘orish texnologiyalari, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish tartiblari keng yoritilib berildi.
Seminar davomida g‘alla hosildorligini oshirish va agrotexnika qoidalariga qat’iy rioya qilish orqali yetishtiriladigan mahsulot sifatini ta’minlashga erishish mumkinligi alohida ta’kidlandi.