Fermerlar 2026-yil hosili uchun g‘alla ekishga kirishdi

Taxiatosh tumani Naymankól ovul fuqarolar yig‘inidagi “Nayman Agro Green House” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun g‘alla ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev, tuman hokimi K.Aytbaev hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Seminarda g‘alla ekish bo‘yicha ilg‘or tajribalar namoyish qilindi, mutaxassislar o‘zaro fikr almashdilar. Sh.Teshaev yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan tabriklab, yurtimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan qaror va farmonlar haqida so‘z yuritdi. Ushbu hujjatlar asosida ko‘plab fermerlar samarali faoliyat yuritib, qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shayotganini ta’kidladi.

Seminarning yakuniy qismi sifatida urug‘ sepish marosimi o‘tkazildi. Ishtirokchilar 2026-yil hosili uchun baraka tilab, urug‘ qadadilar.