Yangi tashabbus — serdaromad soha sari dadil qadam
Bugungi kunda yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish borasida ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan fidoyi fermerlarimizdan biri — “Do‘schanov Rahimboy” fermer xo‘jaligi raisi Alisher Do‘schanovdir.
🔹 U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Teshayev tavsiyasi bilan parrandachilik yo‘nalishini, xususan, o‘rdak yetishtirish ishini yo‘lga qo‘ydi.
Xorazm viloyatidan 500 dona o‘rdak olib kelib, ularni parvarishlash uchun maxsus sharoitlar yaratildi. Sabot va mehnat evaziga hozirgi kunda ushbu o‘rdaklar dastlabki narxidan uch barobar yuqori qiymatda baholanmoqda. Bu esa parrandachilikning nafaqat foydali, balki istiqbolli soha ekanligini yaqqol isbotlamoqda.
🌱 Fermer Alisher Do‘schanovning ta’kidlashicha, bu ishning serdaromadligini ko‘rib, kelgusida o‘rdaklarni ko‘paytirib, xo‘jalik faoliyatini yanada kengaytirish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish niyatida. Bundan tashqari Alisher Doschanov baliqchilik bilan ham shug‘ullanib, har yili aholiga 8-9 tonna baliq yetkazib bermoqda.
🔸 Shuningdek, u Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, imtiyozli kredit asosida chorvachilik xo‘jaligini tashkil etish rejalarini ham ilgari surmoqda.
Ushbu tashabbuslar qishloq xo‘jaligining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, mahalliy bozorni sifatli parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash va aholi bandligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Do‘schanov Rahimboy» fermer xo‘jaligining rahbari Alisher Do‘schanovning tashabbuslari va mehnatsevarligi boshqa fermerlar uchun ham o‘rnak bo‘la oladi.