Amudaryolik fermer Yoqupboy Ashirov urug’chilik sohasida yangi loyihani ishga tushirdi
Amudaryo tumanidagi «Yoqipboy Ashirov» fermer xo’jaligi 2009-yilda tashkil topgan bo’lib, 114 gektar yer maydonida dehqonchilik qiladi. Fermer xo’jaligi rahbari Yoqupboy Ashirov ko’p yillar davomida urug’chilik sohasida paxta va g’alla urug’larini yetishtirish bilan shug’ullanib kelgan.
Yangi maqsadlar sari intilgan Yoqupboy Ashirov Xitoy davlatiga borib, davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, 3 milliard so’m yengillatilgan kredit oldi va o’z mablag’idan 3 milliard so’m ajratib, Xitoydan paxta, g’alla va boshqa donli urug’larni qayta ishlaydigan zavod uskunalarini olib keldi.
Bugungi kunda «Amu sara urug’lari» MChJ ochilib, o’z faoliyatini boshladi va zavod ishga tushirildi. Zavod yangi paxta yig’im-terim mavsumiga tayyor holatga keltirilgan va paxta qabul qilishga shay.
Yoqupboy Ashirov Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog’istonlik tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanligini ta’kidladi.