Qanliko’lda yangi paxta tozalash zavodi ishga tushirilishi kutilmoqda

Qanliko’l tumanida «Agrohamkor cluster» MCHJ 2024-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. «Agrohamkor cluster» MCHJ tamonidan 139 ta fermer xo’jaligi bilan shartnoma tuzgan bo’lib, paxta yig’im-terim mavsumi boshlanishi bilan fermer xo’jaliklari paxta topshirishni boshladi.

«Agrohamkor cluster» MCHJ yaqin kunlarda yangi paxta tozalash zavodini ishga tushirish arafasida. Kelgusi yillarda yog’ni qayta ishlash zavodini ham ishga tushirish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda 50 kishi ish bilan ta’minlangan bo’lsa, paxta tozalash zavodi ishga tushgach yana 100 ta yangi ish o’rni yaratiladi.