Ellikqala tumanida fermerning paxta topshirish rejasi bajarildi
Ellikqala tumani “Aqchakól” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Xudaybergan Ernazarov” fermer xo‘jaligi davlatga paxta topshirish bo‘yicha belgilangan rejani to‘liq bajardi.
Fermer xo‘jaligi rahbari Ilham Ernazarovning ta’kidlashicha, xo‘jalikning umumiy yer maydoni 60 gektarni tashkil etadi. Shundan 30 gektar maydon paxta, 25 gektar g‘alla ekinlariga, qolgan qismi esa poliz ekinlariga mo‘ljallangan. Paxta yetishtirishda yuqori hosilga erishishda zamonaviy agrotexnik tadbirlar bilan bir qatorda, tuproq unumdorligini oshirish choralari ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Jumladan, Prezidentimizning 2024-yil 13-fevral kungi PQ–71-sonli qarori asosida har bir gektar yerga 500 kilogrammdan biogumus o‘g‘iti solinib, yaxshi natijalarga erishildi.
Ilham Ernazarovning aytishicha, ushbu tashabbus tufayli nafaqat hosildorlik oshgan, balki davlat tomonidan har bir gektar uchun 1 million so‘mdan subsidiya ajratilgan.