Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta yig‘im-terimi jarayonlari bilan tanishuv

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  Sh.Teshaev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari S.Nishonboev hamda Qonliko‘l tumani hokimi B.Sultonovlar Qonliko’l tumanida paxta yig‘im-terimi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida hosilni to‘g‘ri va sifatli yig‘ib olish, yig‘im-terim davrida jamoat xavfsizligini ta’minlash, paxta dalalarida talon-tarojlikning oldini olish, shuningdek, terimchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda ularning mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.