2025 yilgi paxta terimi mavsumida xotin-qizlar va nuroniylar ko’cha boshi ayollar faol ishtirok etmoqda
Qo‘ng‘irot tumanida 2025 yilgi paxta terimi avjida davom etmoqda. Terim jarayonida mahallalardagi xotin-qizlar hamda nuroniy ko‘cha boshi ayollar faol ishtirok etib, mehnat jarayoniga o‘z munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
Ularning faolligi nafaqat hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishda, balki yosh avlod uchun ibrat bo‘layotganida ham yaqqol ko‘rinmoqda. Shu bilan birga, terimchilar mehnatini yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan zarur sharoitlar yaratilib, mehnatkashlarga doimiy e’tibor qaratilmoqda.