Xo‘jayli tumanida piyoz va sarimsoqpiyoz ekini bo‘yicha seminar tashkil etildi

Xo‘jayli tumani Samanko‘l ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Shukrullayeva Tulg‘anay” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari M. Muxammadiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari P. Bekanov, shuningdek, fermerlar kengashi vakillari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari hamda fermer xo‘jaliklari a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqlim sharoitida piyoz va sarimsoqpiyoz ekish usullari, ekinlarni joylashtirish muddatlari, ularni parvarishlash jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar atroflicha tushuntirib berildi.

Seminarning asosiy maqsadi — kuzgi mavsumda piyoz, sarimsoqpiyoz hamda boshqa turdagi sabzavot mahsulotlarini yetishtirish orqali aholiga qo‘shimcha daromad manbai yaratishdan iboratdir.