Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Barchangizni 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida ustoz va murabbiylarning beqiyos hissasi bor. Sizlarning sabr-toqat, fidoyilik va mehr-muhabbat bilan qilayotgan mehnatlaringiz tufayli xalqimizning kelajagi, Vatanimizning ravnaqi ta’minlanmoqda.

Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiya tizimida, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ustozlarimizning fidokorona xizmatlari barchamiz uchun ibratdir. Sizlarning sa’y-harakatlaringiz natijasida yoshlarda mehnatsevarlik, yurtparvarlik va ezgu fazilatlar shakllanmoqda.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringizning yutuqlari siz uchun eng katta mukofot bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri
Sh. Teshaev