Nukus shahrida “Xalqaro qishloq ayollari kuni” keng nishonlandi

Bugun, 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Nukus shahridagi “Nur saroy” restoranida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

🌾 Tadbirning maqsadi — qishloq xo‘jaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ayollarning jamiyatimizdagi o‘rni, ularning agrar sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasini e’tirof etish hamda ularni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha sekretariat rahbari A.Jumanyazovlar ishtirok etib, barcha yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladilar.

🎖 Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayram dasturi madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar bilan davom etdi.