Nukus tumani tomorqa yer egalari kartoshkadan mo‘l hosil olmoqda

Nukus tumanidagi mirishkor tomorqa egalari bu yil ham kartoshka yetishtirishda katta yutuqlarga erishmoqda. Xususan, «Taqirko‘l» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi dehqonlar bahor mavsumida tomorqa yerlariga kartoshka ekib, uni parvarishlashning barcha agrotexnik talablariga qat’iy amal qildi.

Dehqonlar tomonidan o‘z vaqtida sug‘orish, sifatli urug‘dan foydalanish va zararkunandalarga qarshi kurashish choralarini samarali amalga oshirish natijasida yuqori hosilga erishilmoqda.
Bugungi kunda tumanning ko‘plab tomorqa yer egalari 1 gektar maydondan 15 tonnadan ortiq kartoshka hosili olishga erishmoqda. Bu ko‘rsatkich nafaqat ularning mehnatsevarligi, balki ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish natijasidir.
Mahalliy aholi o‘rtasida kartoshka yetishtirishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, bu esa tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi daromad manbaini ko‘paytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
