Kegeyli tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Shuhrat Teshayev Kegeyli tumanidagi «Obod makon» fuqarolar yig‘inida fuqarolar va sohaga oid masalalar bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda korxona va tashkilotlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasining mas’ul vakillari, shuningdek, fuqarolar ishtirok etdi.

Qabul davomida aholining murojaat va takliflari tinglanib, ayrim masalalarga shu yerning o‘zida yechim topildi. Shuningdek, yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.