Asalarichilik serdaromad soha

Qoraqalpog’iston Respublikasi Agroxizmatlar markazi Beruniy tumani bo’limi tomonidan, asalarichilikni rivojlantirish va bu borada olib borilayotgan ishlar holati bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Asalarichilik serdaromad sohalardan biri. Tabiatning insonga bergan yana bir ulug’ ne’mati hisoblanadi. Asalari boqish, asal olishdan keladigan daromad oila farovonligiga xizmat qiladi.

Hurmatli Prezidentimizning qishloq xo’jaligida har bir fermer xo’jaligi dala chetlarida 5 tadan asalari qutilarini joylashtirish, kambag’al oilalarni asalari boqish orqali daromadli qilish bo’yicha qarorlarida aks etishi bu sohaning yanada rivojlanishini ko’rsatadi.

Bugungi o’tkazilgan seminar davomida asalarini boqish, parvarishlash, turli hil kasalliklardan saqlash, emlash va qishlovdan chiqarish bo’yicha mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi. Tinchlik ovul fuqarolar yig’ini hududida asalarichilik bilan shug’ullanayotgan Po’lat Ametov bu borada ko’p yillik tajribaga ega va o’z bilimlarini sohaga yangi kirib kelgan shogirdlariga o’rgatib, ustozlik qilib keladi. Ma’lumot uchun Beruniy tumanida 5 ta asalarichilik fermer xo’jaliklari mavjud.