Taxiatosh tumanida paxta topshirish jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda
Taxiatosh tumanidagi «Fayz agroklaster»ga qarashli Naymanko‘l paxta qabul qilish punktida joriy yilgi paxta mavsumi qizg‘in pallaga kirdi. Fermer xo‘jaliklaridan paxta qabul qilish ishlari belgilangan tartib asosida tashkil etilgan bo‘lib, hosilni qabul qilish va saqlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Paxta sifatini aniqlash, og‘irligini o‘lchash, to‘g‘ri joylashtirish va tezkor qabul qilish maqsadida zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan. Fermerlarning hosilini qulay va o‘z vaqtida topshirishlari uchun barcha tashkiliy ishlar puxta yo‘lga qo‘yilgan.
«Fayz agroklaster» rahbariyati hosilni sifatli qabul qilish va fermerlar mehnatini munosib qadrlashni asosiy maqsad qilib belgilagan. Shu bois, punktda tunu-kun navbatchilik tashkil etilib, hosilni o‘z vaqtida qabul qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tuman fermer xo‘jaliklari o‘z mehnatlarining samarasini k.o‘rib, davlatga sifatli ó.. qilishdagi tartib-intizom va yaratilgan qulay sharoitlar hosil yig‘im-terim mavsumida samaradorlikńıni oshirishga xizmat qilmoqda.
