🌾 Korrupsiyasiz kelajak sari: Qishloq va suv xo‘jaligida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shma majlis

2025-yil 31-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlisda 2025-yil 21-aprel sanasida qabul qilingan Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini samarali tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–71-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B. Matmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim prokurori A. Bekbergenov, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari rahbarlari ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.