📌 Paxta terish mashinalari mexanizatorlari uchun o‘quv kurslari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 13-noyabrdagi topshiriqlari hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 17–21-noyabr kunlari paxta terish mashinalari mexanizatorlari uchun 5 kunlik malaka oshirish o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur kurslarda To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a va Amudaryo tumanlari mexanizatorlari — Beruniy tumani Agrotexnologiyalar texnikumida;
Qolgan tumanlar mexanizatorlari — Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida o‘qitilishi belgilandi.

O‘quv jarayoni davomida mutaxassislar tushligi hamda uzoq tumanlardan kelgan ishtirokchilarning yotoqxona bilan ta’minlanishi mas’ul rahbarlar zimmasiga yuklatildi.
Bugun o‘quv seminari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Teshaev boshchiligida ochildi. Tadbirda mexanizatorlarning kasbiy mahoratini oshirish, texnikadan samarali foydalanish va yangi mavsumga sifatli tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Sh.Teshaev o‘z nutqida 2025-yilgi paxta yig‘im-terimida jonbozlik ko‘rsatgan kombayn operatorlariga minnatdorchilik bildirib, o‘quv kurslarining mazmunli va samarali o‘tishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlarni berdi.
