Suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida Beruniy tumanida 2026-yil hosili uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o’rinbosari SH.Teshayev vazirlik mutaxassislari, fermerlar kengashi vakillari, Agrobank, suv tejovchi texnologiyalarni ta’minlovchi korxonalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda suv xo‘jaligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, qabul qilingan qaror va farmonlar, Suv kodeksining ahamiyati, shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari tushuntirildi.

Savol-javob jarayonida fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ta’minotchi korxonalar esa o‘z imkoniyatlari bilan tanishtirdilar.