Taxiatosh tumani Keneges OFY hududida faoliyat yuritayotgan Nayman Agro Teplitsa MCHJ tomonidan joriy mavsumda 8,5 gektar maydon maydonida pomidorning “Musa” navi ekilib, hozirda intensiv ravishda parvarishlanmoqda.

Tadbirkorlarning taʼkidlashicha, issiqxona majmuasida zamonaviy agrotexnik talablar asosida parvarish ishlari olib borilmoqda. O‘simliklarning o‘sishi, hosildorligi va kasalliklarga chidamliligi muntazam monitoring qilinib, tomchilatib sug‘orish tizimi orqali kunlik agrotexnik rejim ta’minlab kelinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur ekinlardan olinadigan sifatli pomidorlar yangi yil arafasida bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu esa ichki bozorni mahalliy, ekologik toza mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmini ko‘paytirishga muhim hissa bo‘lib xizmat qilmoqda.