Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari sifatini baholash uchun “Yangi tizim” joriy etildi!
“Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-109-son, 07.07.2025 y) qabul qilindi. O‘zbekistonda urug‘liklar sifatini baholashning yangi tizimi joriy etiladi. Bu tizim orqali har bir urug‘lik qadoqlari raqamli QR-kodli yorliqlar bilan ta’minlanadi. -Dehqon va fermer xo‘jaliklari urug‘lik sotib olganlarida urug‘liklar sifatsiz chiqqani isbotlansa, urug‘likni sotgan korxona tomonidan zararni qoplash bo‘yicha majburiyat belgilandi. -Endilikda, urug‘liklar haqidagi barcha ma’lumotlar – nav tavsifnomasi, navdorlik va ekinboplik sifatlari, ishlab chiqaruvchi va urug‘lik haqidagi zaruriy ma’lumotlarni QR-kod orqali (smartfon yordamida) bir zumda ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. 🔹 O‘zbekistonda yangi tizim doirasida urug‘liklarni sifatini baholash bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilanadi. 🔹 Yangi tizim ikki bosqichli baholashni nazarda tutadi: – birinchi bosqichda: urug‘liklarning navdorlik sifatlarini baholash; -ikkinchi bosqichda: urug‘liklarning ekinboplıq sifatlarini baholash. 🔹 Bunda, urug‘likdan foydalanuvchilar urug‘lik xarid qilish vaqtida raqamli QR-kodli yorlig‘i mavjudligini tekshirib olish orqali sifati kafolatlangan urug‘likka ega bo‘ladi.
