Hududlarda chorvachilik rivojlantiriladi
Hurmatli Prezidentimizning “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuv asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hududlarda barqaror va yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hududlarning ihtisosligidan kelib chiqqan holda loyihalarni joylashtirish maqsadida Beruniy tumanida seminar bo‘lib o‘tdi. Hududda chorvachilikni rivojlantirish, shu yo‘nalishda aholiga chorva mollarini yetkazib berish, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 50 mln so’mgacha gacha imtiyozli kredit asosida qoramol olish va boqish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
