Xo‘jayli tumanida agrar sohada dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar bo’lib o’tmoqda

Ayni paytda Xo‘jayli tumani hokimligi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Kamiljon Aytbaev rahbarligida qishloq xo‘jaligiga oid ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda hududda bahorgi agrotexnik ishlarni samarali tashkil etish, ekin maydonlarida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, moddiy-texnik resurslar bilan o‘z vaqtida ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tizimli yondashuvni kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Seminarda Xo‘jayli tumani hokimining qishloq va suv xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari A.Reymbaev, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda klaster tashkilotlari vakillari faol ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida soha rivojiga doir mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqilmoqda, shuningdek, ishtirokchilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur seminar hududda agrar tarmoq samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.