Qo‘ng‘irot tumanida ikki hududni qamrab olgan agrar seminar tashkil etildi
Qo‘ng‘irot tumani Yoshlar markazida Qo‘ng‘irot hamda Mo‘ynoq tumanlari uchun qishloq xo‘jaligi sohasiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Kamiljon Aytbaev rahbarligida o‘tkazildi.
Tadbirda Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda klaster yer egalari ishtirok etdi.

Seminar davomida hududlarda bahorgi agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish, g‘alla maydonlarini mineral o‘g‘itlar va biostimulyatorlar bilan oziqlantirish, “Shinjon” texnologiyasi asosida chigit ekiladigan maydonlarni zarur vositalar bilan ta’minlash, shuningdek, kartoshka ekinlari uchun urug‘lik yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yakunida soha samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

