Shumanay tumanida agrar sohada muhim seminar o‘tkazilmoqda Kunning ikkinchi yarmida Shumanay tumanidagi “Jumabay Jorav Bazarov” nomidagi bolalar musiqa va san’at maktabi zalida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A. Xalimbetov hamda Shumanay tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida o‘tkazilmoqda. Seminarda qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, fermer xo‘jaliklari hamda klaster tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. Tadbir davomida hududda bahorgi agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish, ekin maydonlarini zarur mineral o‘g‘itlar va biostimulyatorlar bilan ta’minlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda resurslarni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari muhokama qilinmoqda. Seminar yakunida sohaga oid vazifalarni tizimli amalga oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berilishi kutilmoqda.