Qanliko‘l tumanida navbatdagi agrar seminar tashkil etildi
Taxiatosh, Xo‘jayli, Shumanay, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarida o‘tkazilgan seminarlarning mantiqiy davomi sifatida Qanliko‘l tumani Madaniyat saroyi binosida qishloq xo‘jaligi sohasiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar yuqorida belgilangan ustuvor vazifalar asosida tashkil etilib, unda hududlarda bahorgi agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, ekin maydonlarini zarur mineral o‘g‘itlar va biostimulyatorlar bilan ta’minlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda urug‘lik va boshqa resurslarni o‘z vaqtida yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan fermer xo‘jaliklari vakillarining murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida sohada mavjud masalalarni tizimli bartaraf etish, agrotexnik jarayonlarni samarali tashkil etish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.
