Chimboy tumanida agrar sohada navbatdagi seminar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Kamiljon Aytbaev rahbarligidagi navbatdagi seminar Chimboy tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Chimboy tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari D. Ubbinyazov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, hududiy qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, urug‘ va o‘g‘it yetkazib beruvchi ta’minotchilar, shuningdek fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida bahorgi agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish, ekin maydonlarini zarur mineral o‘g‘itlar va urug‘lik bilan ta’minlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda yetkazib berish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida sohada mavjud muammolarni bartaraf etish, resurslardan samarali foydalanish hamda yuqori hosildorlikka erishishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.