🌿 Beruniy tumani fermerlari bilan vazir sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Beruniy tumani hokimligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi vaziri Kamiljon Aytbayev tomonidan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov, soha mutaxassislari hamda urug‘, o‘g‘it va qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib beruvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Fermerlar o‘z murojaat va takliflarini ochiq bildirdi. Ularning aksariyati joyida hal etilib, qolgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, fermerlarga texnika xaridi uchun imtiyozli kreditlar hamda moddiy resurslar ta’minoti yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.