🌱 Chigit ekish mavsumiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Ellikqal’a tumani “Qirqqiz” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yangi zamon quyoshi” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun chigit ekish ishlari boshlanishi munosabati bilan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda tuman hokimi V.Niyazimbetov, paxtachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Joriy yilda Ellikqal’a tumanida jami 8 700 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib: 🔹 4 670 gektar — 76×10 sm sxemasi bo‘yicha 🔹 4 030 gektar — 76 sm kenglikdagi yakka qator sxemasida 🔹 2 330 gektar — Xitoyning “Shinjon” texnologiyasi asosida ekiladi

Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 45 ta otryad tuzilib, ularga zarur qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda tajribali mexanizatorlar biriktirildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan chigit ekish agrotexnikasi, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha muhim takliflar berildi.
👉 Yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling.
