BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Qorao‘zak va Beruniy tumanlariga grant mablag‘lari hisobidan 30 ming AQSH dollari ajratildi
O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va uni qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi (FOLUR) doirasida mahalliy oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 ta issiqxona va 10 ta motokultivator olib kelindi. Qiymati 30 ming AQSH dollari bo‘lgan ushbu loyiha aholining o‘zini o‘zi band qilishi va tomorqalardan samarali foydalanishiga xizmat qiladi.
Motokultivatorlar yordamida yerni bir necha barobar tez haydab, ekishga tayyorlash mumkin bo‘ladi. Issiqxonalarning o‘rnatilishi ob-havo sharoitidan qat’i nazar, sovuq mavsumda ham poliz mahsulotlarini yig‘ishtirib olish imkonini beradi.
