Kegeyli tumanida Xinluzhong-52 paxta navidan mo‘l hosil olinmoqda

Kegeyli tumani Ko‘k O‘zak OFY hududida faoliyat yuritayotgan “Izmuhammed ovul” fermer xo‘jaligi joriy yilda Xitoy seleksiyasiga mansub Xinluzhong-52 paxta navini ekib, yuqori hosildorlikka erishmoqda. Umumiy 100 gektar yer maydoniga ega fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yil paxta hosili uchun 50 gektar maydonga mazkur nav ekilgan. Natijada har gektardan o‘rtacha 40 sentnerdan hosil olinib, belgilangan reja muddatidan oldin bajarildi. Ayni paytda fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimi ishlari davom etmoqda. Mavjud hosildorlikni inobatga olgan holda, qo‘shimcha ravishda yana 100 tonna paxta hosilini yig‘ib olish rejalashtirilgan. Fermer xo‘jaligi rahbari Qurbanbay Tlewimbetov kelgusi yilda ham Xinluzhong-52 paxta navini ekishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u ekish jarayonida 76×10 qo’shqotar sxemasidan foydalanish niyatida ekanini bildirdi. Mazkur natijalar paxta yetishtirishda nav tanlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda ilg‘or tajribalardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.