O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (bundan buyon matnda Qishloq xo‘jaligi vazirligi deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (bundan buyon matnda vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.

Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona siyosatni amalga oshiruvchi hududiy davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bo‘ysunadi.

Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Vazirlik, uning hududiy tuzilmalari yuridik shaxs hisoblanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.

Vazirlikning rasmiy nomi:

  1. a) davlat tilida: to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qisqartirilgan nomi – Qoraqalpog‘iston QXV; b) qoraqalpoq tilida: to‘liq nomi – Өzbekstan Respublikasi Ao‘il xojalig‘i ministrligi Qaraqalpaqston Respublikasi Ao‘il xojalig‘i ministrligi, qisqartirilgan nomi – Qaraqalpaqstan AXM; v) ingliz tilida: to‘liq nomi – Ministry of Agriculture of the Republic of Karakalpakstan of Ministry of agriculture of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan – MARK; g) rus tilida: to‘liq nomi – Ministerstvo selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan Ministerstvo selskogo xozyaystva Respubliki Karakalpakstan, qisqartirilgan – Minselxoz Karakalpakstan.

Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): 230100, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, T.Qaypbergenov ko‘chasi 25-uy.

2-bob. Vazirlik tuzilmasi

Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlik apparati; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari. 3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;     Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash.

Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  1. a) Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamg‘armalarini jalb etadi; qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni xalqaro andozalar asosida moslashtirish va joriy etish bo‘yicha uslubiy-amaliy ko‘maklashadi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha subsidiya va subvensiyalarni ajratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va vakolatli organga kiritadi; fan va ilmiy-tadqiqot faoliyatini texnologik va ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan sohalarni moliyalashtirish, ushbu sohaga xususiy sektorning imkoniyatlarini maqsadli jalb qilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tizimni shakllantiradi; ilg‘or tajriba va fan yutuqlari natijalarini amaliyotga joriy etishni muvofiqlashtirish, ommalashtirish va monitoring yuritishni ta’minlaydi; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiradi;     b) Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish sohasida: jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini va turlarini ko‘paytirishga doir takliflar tayyorlaydi; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning bartaraf etish yuzasidan takliflarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kiritadi; oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, xom ashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash, saqlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi; qayta ishlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishga doir hamda qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum, go‘sht, sut, yog‘ va don mahsulotlariga bo‘lgan tashqi bozor talabini o‘rganib, tahlil qilish va qayta ishlangan mahsulotlar brendlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; tibbiy me’yorlariga ko‘ra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ta’minlanish darajasini o‘rganib boradi va takliflar tayyorlaydi; meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va tizimli ravishda sotish, aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadida kooperatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatib boradi; bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, kartoshkachilik, pillachilik, ozuqa ekinlari, dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida fan va texnika yutuqlarini, resurslarni tejaydigan zamonaviy va intensiv agrotexnologiyalarni, ilg‘or tajribalarni joriy qiladi; hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini turlari bo‘yicha hamda mevali, tok va tut ko‘chatlarini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda joylashtiradi; aholini oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish va hududlarda mahsulotlarini saqlash omborxonalari va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar, manzilli dasturini tayyorlaydi va ushbu yo‘nalishlarga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha takliflarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga  kiritadi; ichki va tashqi bozorlarda pilla mahsulotlarining raqobatbardoshligini, qayta ishlash korxonalarini barqaror va samarali ishlashini ta’minlash borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish tizimida zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish va yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha qiymat yaratishni yanada ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi; v) Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish sohasida: klasterlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilib boradi, mavjud muammo va tizimli kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; klasterlash jarayonining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va klasterlar faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy o‘rganib boradi hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; turli ixtisoslashuvdagi klasterlar faoliyatining doimiy monitoringini yuritadi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib boradi va ulardan respublikamiz sharoitida foydalanish imkoniyatlari va yo‘nalishlari borasida xulosalar tayyorlaydi; klasterlarni tabiiy, moddiy-texnik va boshqa turdagi resurslar bilan ta’minlash tizimining doimiy monitoringini yuritgan holda uni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi; qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish, investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlariga vakolati doirasida har tomonlama ko‘maklashadi; g) Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida: paxta va boshoqli don ekinlari maydonlarini qisqartirish natijasida bo‘shagan maydonlarga kartoshka, sabzavot, poliz, ozuqa, dukkakli va moyli ekinlarni joylashtirish hamda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish hajmlarining maqsadli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi; davlat haridi ko‘rsatkichlarining bajarilishini hisobga olgan holda meva- sabzavot ekinlarini oqilona joylashtirish, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; ichki iste’mol bozorini barqaror to‘ldirish va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida qish-bahor mavsumiga zahira qilish uchun fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalardan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzumni harid qilish bo‘yicha talabni chuqur o‘rganadi; qish-bahor mavsumi uchun zahira qilingan meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzumning talab darajasida saqlanishi, saqlash davrida yo‘qotilishini qisqartirish choralarini amalga oshirishda, mahsulotlar harid qilish va yetkazib berishda zamonaviy logistika tizimi keng joriy qilinishini tashkil etadi; meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzumni sotish bo‘yicha respublika shaharlarida doimiy asosda ixtisoslashtirilgan savdo yarmarkalari o‘tkazilishini tashkil etadi; meva-sabavot mahsulotlarini saqlash uchun korxonalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maxsus saqlash omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarini tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatadi; oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi xom ashyo resurslarini ko‘paytirish, respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash uchun sharoitlar yaratishda ishtirok etadi; d) Qoraqalpog‘iston Respublikasidakeng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish sohasida: qishloq xo‘jaligida moliyaviy munosabatlar (kreditlash, lizing, subsidiyalash va dotatsiya berish) tizimini sohaning o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnika va texnologiyalarini joriy etishni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; Respublikamizda ishlab chiqarilgan va xorijdan import qilinayotgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovlardan o‘tkazishni tashkil etadi; qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, texnika va texnologiyalarning zamonaviy turlarini faol joriy qilish bo‘yicha innovatsion ilmiy-texnik yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan davlat ilmiy-texnik dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi; qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya darajasini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlaridan foydalanish samaradorligi va sifatini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlaydi va joylarga yetkazadi; mashina-traktor parklarining faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini yaxshilashda ko‘maklashadi; qishloq xo‘jaligini yangi zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash orqali mexanizatsiyalash darajasini oshirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shilgan qiymat yaratishni yanada ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi; ye) Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish sohasida: qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish va qayta ishlash sohasiga rivojlangan davlatlar tajribalarini tatbiq qiladi; g‘o‘za, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, ozuqa va boshqa ekinlarining urug‘larini, uzum va meva ko‘chatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantiradi; mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan, biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etadi va rivojlantiradi; tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqadi; urug‘chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashadi; urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy organlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘larni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etadi; davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, saqlash va tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish orqali ichki iste’molchilarni sifatli va arzon urug‘liklar bilan ta’minlaydi va eksport qiladi; qishloq xo‘jalik ekinlarining respublikada va chet elda yaratilgan seleksion yangi navlari, duragaylarini hamda ipak-qurtining duragaylarini huquqiy muhofaza qilish (patent uchun) va xo‘jalikda foydaliligini (hosildorlik, o‘suv davri, kasallik, zararkunanda, noqulay sharoitlarga chidamlilik va sifat tarkibi) aniqlash bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshiradi; j) Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini o‘simliklarni himoya qilish, kimyoviy va biologik vositalar bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha profilaktik va integratsiyalashtirilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etadi; mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ekin maydonlarida, tomorqa yerlarda, issiqxona xo‘jaliklarida fitosanitariya holati ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib borish, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlar rivojlanishi va tarqalishini prognoz qiladi; o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini tashish, saqlash, sotish va qo‘llash, qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlarni agrokimyo xaritanomalari asosida tuproqni ozuqa moddalari bilan ta’minlanganligini hisobga olib, tabaqalashtirilgan holda yetkazib berish bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi; o‘simliklar kasalliklari va zararkunandalarining karantin obyektlariga qarshi kurash choralarini va ichki karantin nazoratini tubdan takomillashtiradi;   biolaboratoriyalar va o‘simliklar klinikalari tarmog‘ini kengaytirish, bu borada davlat xususiy sheriklik tizimini o‘zaro manfaatli hamkorligini rivojlantiradi; z) Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash sohasida: fan va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi va joriy etadi; xorijiy mamlakatlarning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini o‘rganishini, qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini xalqaro yarmarkalar, konferensiyalar va ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlaydi; samaradorligi yuqori bo‘lgan innovatsion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sohada ilmiy yutuqlar va ilg‘or tajribalarni targ‘ib va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalari, ilmiy-tajriba xo‘jaliklari, laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, innovatsion kompaniyalar, texnoparklar, axborot-maslahat (extension) markazlari va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarini jalb etadi; hududlar va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini kompleks rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga olgan holda qabul kvotalari yuzasidan takliflar tayyorlash, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etadi, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarni ishga joylashtiradi; soha tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ehtiyoj katta bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislarni nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yadi. Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Vazirlikning apparati tarkibiy bo‘linmalarining funksiyalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yoxud vazirlik buyruqlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri (bundan buyon matnda vazir deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining funksiyalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida vazir tomonidan qabul qilinadigan nizom bilan belgilanadi.

4-bob. Vazirlikning huquqlari hamda javobgarligi 1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi

Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda takliflarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritish; vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlaridan so‘rash va olish; vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish; vazirlik va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga o‘rnatilgan tartibda o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida, beg‘araz foydalanish huquqi bilan berish; vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritish; vazirlik va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari balansida mavjud bo‘lgan binolarga xizmat ko‘rsatish, binolarni ta’mirlash, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va orgtexnika vositalari sotib olish, saqlash va ishlatish bo‘yicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minotni sotib olish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish; vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni jalb qilish; vazirlik va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarinining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish; Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish, vazirlik va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish. Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Vazirlik tarkibiy bo‘linmalarining huquqlari agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoxud Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyruqlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.

Vazirlik:

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;   o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash; Qishloq xo‘jaligi vazirligi, mahalliy ijro hokimiyati organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, vazirlik tizimidagi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari; o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni hududda samarali amalga oshirish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishi va ularga rioya etilishi uchun javob beradi. 2-§. Vazirlik apparatining javobgarligi

Vazirlikning apparati:

tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan birgalikda vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining ishini tashkil etish; o‘z faoliyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi. 3-§. Vazirlik tizimidagi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining javobgarligi

Vazirlik tizimidagi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari:

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash; vazirlik, mahalliy ijro hokimiyati organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, pirovard natijalari va oqibatlari; o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni hududda samarali amalga oshirish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishi va ularga rioya etilishi uchun javob beradi. 5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari

Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek vazirlik hujjatlari bilan vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; vazirlik xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishi uchun hududiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyruqlari, hay’at qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari topshiriqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; vazirlik faoliyati sohasi va vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, vazirlik faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; vazirlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, vazirlik kadrlar zaxirasini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash; vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish; Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlanadigan vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga vazirlik xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq vazirlikda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; prognoz ko‘rsatkichlar ijrosini tizimli tahlil qilish, vazirlik tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha takliflarni vazirning mutasaddi o‘rinbosarlariga (shu jumladan birinchi o‘rinbosarga) kiritish; vazirlik xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; vazirlik faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatiga kiritish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabullarini tizimli o‘tkazish bo‘yicha samarali ish tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF–4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish; vazirlik xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida vazirlikka takliflar kiritish; davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

Quyidagilar vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

vazir vaqtincha bo‘lmaganida tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘grisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; Qishloq xo‘jaligi vazirligi xay’ati qarorlari, O‘zbekiston Repsublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining buyruq va topshiriqlarini hamda vazirlik tomonidan qabul qilingan qaror va buyruqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha vazirga takliflar kiritish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, kadrlar zaxirasini shakllantirish; vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish; xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ–2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;   qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni vazirlik rahbariyatiga kiritish; vazirlik xodimlari va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha vazirga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart- sharoitlarni aniqlash, tahlil kilish va bartaraf etish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq mulokotni yo‘lga qo‘yish, shu jumladan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabullarini o‘tkazish bo‘yicha samarali ish tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF–4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.

Quyidagilar vazirlik tizimidagi tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qishloq xo‘jaligi vazirligi va vazirlik hujjatlari bilan bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish; bo‘lim xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishi uchun bo‘lim xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyruqlari, hay’at qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari topshiriqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlarini, vazirning topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; bo‘lim faoliyati sohasi va vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish; o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, bo‘limning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, bo‘lim faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash; bo‘lim faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, bo‘lim va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; bo‘limda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bo‘limning kadrlar zaxirasini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vazir nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek bo‘limga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash; bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish; Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlanadigan vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga bo‘lim xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;   “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq bo‘limda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; prognoz ko‘rsatkichlar ijrosini tizimli tahlil qilish, bo‘lim tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha takliflarni vazirlikning mutasaddi o‘rinbosarlariga (shu jumladan birinchi o‘rinbosarga) kiritish; bo‘lim xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish; “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddat va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabullarini tizimli o‘tkazish bo‘yicha samarali ish tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF–4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish; bo‘lim xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida vazirlikka takliflar kiritish; davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash. 6-bob. Vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlarining javobgarligi

Vazir:

O‘zbekiston Respublikasi konunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining qarorlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi; vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish, vazirlik faoliyatini rejalashtirish, shuningdek, uning faoliyati bilan bog‘lik prognoz ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash; Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi sohasiga oid muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tabirlar rejalari, “yo‘l haritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish; kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, mehnat intizomi, qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish; xorijiy mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish, ilg‘or tajribani tizimli o‘rganish va joriy qilish; qishloq xo‘jaligi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar qabulini tizimli o‘tkazish; ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari:

paxta va texnik ekinlar, shuningdek, boshoqli don, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash; suvdan foydalanish sohasida Qaroqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan Qaroqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; yerdan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali joylashtirishni ta’minlash; qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish hamda agrokimyoviy tadbirlarni amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashning ilg‘or agrotexnologiyalari, resurs tejovchi va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish; kontraktaqiya shartnomalarining tuzilishi va bajarilishi monitoringini tashkil etish va qishloq xo‘jaligida davlat haridlarini shakllantirish; ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan, mutasaddilik qilinadigan qismida Vazirlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Vazir o‘rinbosarlari:

bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, pillachilik, dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish; barqaror baholarda aholini yo‘l davomida va uzluksiz ta’minlash uchun zarur hajmlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat zahiralarini shakllantirilishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovkat mahsulotlarining chuqur qayta ishlanishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarishini strategik tahlil qilish, me’yorlar va baholarni shakllantirish hamda prognozlash; agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, agrar tadbirkorlikni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash, agroklasterlar, xo‘jalik birlashmalari va davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; qishloq xo‘jaligi bozorlari konyunkturasini o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini o‘rganish, agrar soha eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha chora- tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanishni monitoring qilish; qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani rivojlantirish, tarmoq moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan, mutasaddilik qilinadigan qismida Vazirlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha; ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Vazirlik markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi; ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 7-bob. Vazirlik faoliyatiii tashkil etish 1-§. Vazirlik rahbariyati

Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir rahbarlik qiladi.

Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va xodimlari, vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan kelishilgan holda, vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

2-§. Vazirlik hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining o‘zaro hamkorligi tartibi

Vazirlik hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari o‘zaro hamkorligi vazir tomonidan ta’minlanadi.

Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilib:

topshiriqlarni tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar, yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarning o‘rganilishini tashkil etadi; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko‘radi; tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmalari vazirlikning markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi; qishloq xo‘jaligi sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida vazirlikka axborot taqdim etadi; o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda vazirlikka taqdim etadi; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolari, shu jumladan aholining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan takliflarni vazirlikka taqdim etadi; kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi; vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Vazirlikning tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar kelishmovchiliklar bartaraf etilmasa ular yuzasidan qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.

3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi

Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Vazirlikning tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bo‘linmalari o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Vazirlikning tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.

Vazirlik faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi tomonidan mutasaddilik qilinadi.

8-bob. Vazirlik faoliyatiniig samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.

Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy va tizimidagi tashkilotlar, korxonalar faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari asosida amalga oshiriladi.

Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish; vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi. 9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish

Vazirlik va uning tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarini moddiy-texnik ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalarning manbaalari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, ko‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.

Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish hususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq to‘lanadi.

10-bob. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi oldidagi hisobdorligi

Vazir o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga muntazam ravishda hisobot beradi.

Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha vazirlikning yuklangan vazifalarni sidqidildan va o‘z vaqtida bajargan mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.

11-bob. Yakuniy qoida

  1. Vazirlik qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi

Qishloq xo‘jaligi vazirining

2019-yil “12- iyuldagi

111-sonli buyrug‘iga

1-ilova