Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Ellikqal’a tumani mutaxassislari hududlarga chiqib, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.Uchrashuvlarda bugungi kunda bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

 

 

Shuningdek, yangi bog‘ yaratmoqchi bo‘lgan fermerlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-151 va PQ-344 sonli farmon hamda qarorlarida belgilangan imtiyozlar haqida to‘liq tushuntirish ishlari olib borilmoqda.Bu imtiyozlar fermerlarning samarali ish olib borishi, intensiv bog‘lar tashkil etish va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.