Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan issiqxonalarda poliz mahsulotlarini yetishtirishda asosiy vazifalar mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.Unda Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i X.Achilov hamda tuman agrosanoatni rivojlantirish agentligining mutaxassislari ishtirok etdi.

 

 

 

O‘tkazilgan tadbirda mutaxassislar tomonidan tuman hududidagi issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar hamda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.Jumladan, issiqxonalarda mahsulot yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida olib borilishi, tomchilatib sug‘orish tizimlarini keng joriy etish, poliz mahsulotlarini ekish tartibi, parvarishlash ishlari, kabi masalalar soha vakillari tomonidan ta’kidlab o‘tildi.