O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli farmoniga muvofiq, hududlarda eski, samarasiz bog‘lar o‘rniga sanoatlashgan intensiv mevali ko‘chatlar ekish ishlari faol olib borilmoqda.Shuningdek, Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tuman mutaxassislari tomonidan ekin yerlarini to‘g‘ri tanlash, tuproq holatini baholash va sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha fermer xo‘jaliklarga tavsiyalar berilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi yangi sanoatlashgan mevali bog‘lar barpo etish orqali hududda sifatli meva yetishtirishni ta’minlash, tuproq unumdorligini oshirish va yashil maydonlarni kengaytirish hamda loyiha bo‘yicha innovatsion qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega.
Xususan, bugungi kunda tumandagi Keneges OFY hududida joylashgan «Qıyat» fermer xo‘jaligining 5 gektar yer maydonida mevali ko‘chatlar ekilib, samarali ishlar tashkil etilmoqda.