Bugun Chimboy tumanidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida «Orol dengizi mintaqasida havo, yer va suv resurslarini innovatsion boshqarish orqali mahalliy hamkorlarning bilimini oshirish» mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur o‘quv seminarda Toshkent irrigatsiya instituti dotsenti, texnika fanlari nomzodi A.Karimov, Tuproqshunoslik instituti laboratoriya mudiri, professor R.Kurbantayev hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti geografiya fanlari nomzodi O.Sultashova, «Innovation-ideas» MCHJ rahbari G.Djumaniyazova, Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

 

 

 

 

O‘quv-seminar davomida «Sug‘oriladigan yerlarning agrofizik xususiyatlarining holati» «Sho‘rlangan tuproqlarning biologik faolligi va tuproqlarning unumdorligini oshirishdagi ahamiyati» mavzusidagi ma’ruzalar olimlar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

 

Seminar yakunida tuproq qatlami, unumdorligi, eroziyasi, sho‘rlanishi va tuproqdagi organik uglerodning roli hamda suv sifatini monitoring qilish tizimini o‘rnatish orqali suv resurslarini oqilona boshqarish bo‘yicha olimlar tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.