Hosilning barakali bo’lishini yaxshi niyatlar bilan boshlagan bobo dehqonlarimiz bugun Beruniy tumanida plyonka ostiga chigit ekishni boshladi.Mazkur ko’rgazmali seminar “Beruniy cluster” MCHJ ga qarashli ekish maydonida amalga oshirilgan bo’lib, unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari –Qishloq xo’jaligi vaziri SH.Teshayev ishtirok etdi.

 

 

Shuningdek, texnikalardan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni o’rnatish, hosilga o’z vaqtida agrotexnik tadbirlarni qo’llash hamda chigit ekish mavsumida ishtirok etadigan mexanizatorlarga dala boshida shart-sharoitlar yaratib berish bo’yicha muhim topshiriqlar berildi.Ma’lumot o’rnida 2025-yilgi mavsumda Beruniy tumanida 8.500 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo’lib, jumladan Xorijiy nav, Sulton navi, Buxoro navlari ekilishi belgilangan.Ko’rgazmali seminarda ishtirok etgan fermerlar bilan birgalikda dala maydoniga chigit urug’lari qadaldi.