Organik chiqindilar – tuproq unumdorligi manbai
💻Mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror amaliyotlarni keng joriy etish maqsadida hududlarda amaliy tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🍃Shu doirada, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hududiy hokimliklar hamkorligida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘oriladigan yer maydonlarida shox-shabba, o‘simlik barglari va boshqa organik qoldiqlardan foydalangan holda tabiiy o‘g‘itlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar yo‘lga qo‘yildi.
🗣Seminarlar davomida organik chiqindilarni yoqmasdan, maxsus o‘ralarda to‘plash va qayta ishlash orqali tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan samarali usullar namoyish etilmoqda.
✅Tadbirlar doirasida soha olimlari va tajribali mutaxassislar tomonidan tabiiy o‘g‘itlarning yer unumdorligi va hosildorlikka ta’siri yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berilmoqda.
⬆️Ushbu seminarlar qishloq xo‘jaligida ekologik yondashuvlarni kengaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumot uchun: joriy yilning 26-yanvar – 3-fevral kunlari belgilangan grafik asosida respublikaning barcha hududlarida tabiiy o‘g‘itlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilishi belgilangan.
