📢 DIQQAT, E’LON! Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2026-yilning I-choragi uchun tasdiqlangan media reja asosida 2026-yil 10-fevral kuni To‘rtko‘l tumanidagi “TO‘RTKO‘L KUNJUT” MCHJ issiqxonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.
Biroq ayrim uzrli sabablarga ko‘ra media rejaga o‘zgartirishlar kiritildi.
Shunga muvofiq, navbatdagi press-tur Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan hamkorlikda quyidagi manzillarda tashkil etiladi:
🔹 Ellikqal’a tumani — “UMIDBEK ODILBEK” MCHJ 2020-yilda Xitoy texnologiyasi asosida 3 gektar maydonda tashkil etilgan, limon yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona faoliyati bilan tanishish.
🔹 Beruniy tumani — 2017-yilda Janubiy Koreya texnologiyasi asosida 2 gektar maydonda pomidor yetishtirish uchun tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati bilan tanishish.
📍 Ushbu press-tur doirasida zamonaviy issiqxona texnologiyalari, ilg‘or tajribalar va ularning amaliy natijalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi. 🗞 Barcha ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar press-turda ishtirok etishga taklif etiladi.
🗺 Manzil: Nukus shahri, T. Qayipbergenov ko‘chasi, 25-uy Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🕓 Vaqti: 2026-yil 10-fevral soat 9:00 📞 Aloqa uchun: +998 97 597 15 25 Sharafatdin Abdraxman
