Taxiatoshda bog‘dorchilik bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” OFY hududidagi “Artiqbay Tumaloq bog‘i” MCHJning 11,5 gektarlik mevali bog‘ida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq ilmiy-tajriba stansiyasi mutaxassislari, fermerlar va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Seminarda daraxtlarga bahorgi shakl berish, zararkunandalarga qarshi kurashish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun, tumanda 52 ta fermer xo‘jaligiga qarashli 226 gektar bog‘ va uzumzor mavjud. 2026-yilda qo‘shimcha 20 gektar bog‘ va 10 gektar uzumzor barpo etish rejalashtirilgan.